"GDG DevFest 2024" 5 mingdan ortiq ishtirokchini qamrab oladi

7-dekabr kuni Toshkentda "Google Developers Group" (GDG)ning asosiy tadbirlaridan biri "GDG DevFest" dasturchilar festivali bo‘lib o‘tadi.
"GDG DevFest" festivali "Google Developers Group" jamoalari tomonidan har yil o‘tkaziladigan global tadbirlardan biri bo‘lib, ushbu tadbir doirasida dasturchilar, IT-mutaxassislar va texnologiyalarga befarq bo‘lmaganlar Google kompaniyasining so‘ngi texnologiyalari va ishlanmalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.
Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida tashkil etiladigan festival mehmonlari 5 mingdan ortishi kutilmoqda. 15 dan ortiq vorkshop va treklar o‘tkaziladigan bu galgi tadbirning spikerlari soni 30 dan ortiq.
Festival doirasida o‘tkaziladigan "EXPO DevFest 2024" ko‘rgazmasida Google hamda boshqa kompaniyalarning so‘ngi texnologiyalari va ishlanmalari namoyish etiladi. Ishtirokchilar mahalliy va xorijlik mutaxassislar bilan axborot texnologiyalari sohasidagi so‘nggi tendensiyalarni muhokama qilishadi.
Tadbir o‘zbekistonlik yosh developerlarni Google kompaniyasining innovatsion yechimlari bilan tanishishlari uchun o‘ziga xos platforma vazifasini bajaradi.
Siz ham ishtirok etish imkonini qo‘ldan boy bermang!
Ro‘yxatga olish boshlandi: https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-gdg-devfest-2024-tashkent/
+998-55-5110777
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter