Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

G‘arb va Sharq, AQSh va Xitoy, qadriyatlar va innovatsiyalar haqida

G‘arb va Sharq, AQSh va Xitoy, qadriyatlar va innovatsiyalar haqida

Foto: iXBT.com

G‘arbdagi ko‘pchilik siyosiy so‘z erkinligi va olabayroqni targ‘ib qilish kabi g‘arb qadriyatlarini qo‘llamaydigan va davlat kuchli nazoratga ega bo‘lgan mamlakatlarda innovatsiya bo‘lmaydi degan g‘oyani boshqalarga singdirishga harakat qilayotgan vaqtda aynan Xitoyda innovatsiyaning rivojlanish natijalari, ushbu 2 ta g‘arb qadriyatini so‘zsiz qabul qilish rivojlanishning yagona yo‘li emasligini ko‘rsatadi.

Ko‘pchilik g‘arb davlatlarini ko‘rgan inson sifatida yaqinda Xitoyga borganimda rivojlanish va innovatsiya bo‘yicha Xitoy nafaqat orqada emasligi, balki ko‘pchilik iqtisodiy rivojlangan davlatlardan ancha oldinda ekanligiga guvoh bo‘ldim (Masalan, Shenchjen shahrida ko‘chada yurganda AQShga nisbatan tezyurar temir yo‘llar ko‘pligi yoki elektr avtomobillar ko‘pligining o‘zi ham bunga bir misol bo‘la oladi).

Oddiy bitta Huawei kompaniyasida 200 ming xodimlarining yarmidan ko‘pi, ya’ni 120 ming atrofida aynan ilmiy ishlar bilan shug‘ullanisharkan. Umuman ilmiy xodimlar soni bo‘yicha Xitoy AQShdan birinchilikni olganiga ancha bo‘libdi (rasmga qarang), yaqin orada umumiy R&Dga xarajat bo‘yicha ham o‘tib ketadi. Innovatsiya bo‘yicha AQShdagi tahliliy markaz tomonidan yozilgan maqolada buni batafsil o‘qisa bo‘ladi.

O‘z qadriyatlarimizni saqlab qolgan holda iqtisodiyotimizni rivojlantirish ustida harakat qilarkanmiz, albatta nafaqat g‘arb, balki bu kabi sharq davlatlarining tajribasini ham o‘rganib borishimiz zarur bo‘ladi.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring