Yevropa qizlar olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchi bronza medalini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik qizlar Yevropadagi xalqaro IT olimpiadasida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
4 nafar qizdan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida bo‘lib o‘tayotgan Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasida ishtirok etishmoqda.
Olimpiadaning 2-kun yakunlariga ko‘ra, 57 davlatdan yig‘ilgan 200 nafarga yaqin ishtirokchi orasida o‘quvchimiz Zarnigor Raximova 329 ball bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter