Eng mashhur iOS versiyasi qaysi?

Mixpanel tahliliy saytining ma’lumotlariga ko‘ra, iOS 16 operatsion tizimi chiqarilgandan deyarli 100 kun o‘tgach, mos keluvchi qurilmalarning deyarli 70 foiziga o‘rnatilgan.
iOS 16 2022 yil 12 sentabrda chiqarildi va dastlab o‘tgan yilgi iOS 15 yangilanishiga qaraganda faolroq tarqatildi. Apple vaqti-vaqti bilan o‘zining operatsion tizimlarini qabul qilish haqidagi ma’lumotlarni chiqaradi, biroq kompaniya iOS 16 uchun buni amalga oshirmadi.
Mixpanel ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda mos keluvchi qurilmalarning 68,90 foizida iOS 16, 24,82 foizida iOS 15 o‘rnatilgan. iOS’ning oldingi versiyalari iOS 16’da ham ishlay oladigan iPhone’larning 7 foizida o‘rnatilgan.
Apple shu oy iOS 16.2 versiyasini chiqarishi kutilmoqda, u iPhone foydalanuvchilariga bir qancha yangi funksiyalarni, jumladan karaoke ixlosmandlari uchun Apple Music Sing, yangi qulflangan ekran vidjetlari, iPhone Pro‘da doimo ochiq displey uchun yangi imkoniyat va boshqalarni taqdim etadi.
Sentyabr oyida iOS 16 chiqarilgandan beri foydalanuvchilar duch kelgan xatolarni bartaraf etish uchun bir nechta yangilanishlar chiqarildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter