Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi uyingizning dizaynini xarajatsiz va harakatsiz o‘zgartira olasiz!

Endi uyingizning dizaynini xarajatsiz va harakatsiz o‘zgartira olasiz!

https://www.hyve.net

IKEA kompaniyasi IKEA Kreativ sun’iy intellektini taqdim etdi. Uning yordamida foydalanuvchilar xonalarning 3D modellarini yaratishlari, u yerdan keraksiz mebellarni olib tashlashlari va yangilarini qo‘shishlari mumkin. Kompaniyaning fikricha, bu yondashuv mijozlarga o‘z uylari uchun mos bo‘lgan dizaynni tezroq va osonroq topishga yordam beradi.

IKEA Kreativ yordamida foydalanuvchi xonaning aniq 3D nusxasini yaratishi va uni IKEA do‘koni kolleksiyasidagi mebel va interer jihozlar bilan to‘ldirishi mumkin. Tizim sizdan xonaning bir nechta rasmlarini kiritishni va xona haqida batafsil ko‘rsatmalarni ko‘rsatishingizni so‘raydi.

Skanerlashdan so‘ng tizim tasvirlarni bir-birining ustiga qo‘yadi va xonaning 3D modelini yaratadi. Mazkur funksiya ayniqsa, xonadonida katta ta’mirlash ishlarini olib borayotgan va mebellarni to‘liq o‘zgartirmoqchi bo‘lgan hollarda ayni muddao bo‘ladi.

Xonani modellashtirish va mebellarni olib tashlash jarayoni tugallangandan so‘ng foydalanuvchi IKEA do‘koni katalogidan yangi narsalarni tanlashi va tartibga solishi mumkin. TechCrunch jurnalistlarining aytishicha, ro‘yxatda nafaqat mebel, balki dekoratsiyalar ham mavjud. Bundan tashqari, ob’yektlarni nafaqat polga, balki devorlarga ham joylashtirish mumkin. Misol uchun, kitob javonlari, rasmlar yoki dekorativ gulchambarlar osib qo‘yish shular jumlasidandir.

Dizayn ishlari tugagandan so‘ng, foydalanuvchi darhol barcha tanlangan narsalarni xarid qilish savatiga qo‘shishi va buyurtma berishi mumkin. Agar siz keyinroq xarid qilishni istasangiz ham IKEA profilingizda tanlagan buyumlaringiz ro‘yxati saqlanib qoladi. Shuningdek, foydalanuvchilar xona dizaynini do‘stlari bilan ham baham ko‘rishlari mumkin. Bundan tashqari loyihani IKEA kompaniyasining dizaynerlariga ham yuborish mumkin. O‘z ishining mutaxassislari sizga xona dizaynini takomillashtirish bo‘yicha kreativ g‘oyalarni taklif qiladilar.

Mazkur funksiya IKEA ilovasida va onlayn do‘kon veb-saytida mavjud. Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, ushbu xizmatni hozirda faqat AQSh foydalanuvchilari iOS qurilmalari orqaligina ishga tushirishlari mumkin. Ammo shu mavsumdan Android smartfonlari va shaxsiy kompyuterlarida ham ishga tushirilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring