Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada 10 minglab xodimlarini ishdan bo‘shatayotgan yirik kompaniya qaysi?

Rossiyada 10 minglab xodimlarini ishdan bo‘shatayotgan yirik kompaniya qaysi?

Foto: rbc.ru

Shvetsiyaning IKEA kompaniyasi Rossiyadagi 10 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda  Frans Press agentligiga IKEA do‘konlarini boshqaruvchi INGKA Group prezidenti va bosh direktori Jesper Brodin ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, dunyodagi eng yirik mebel ishlab chiqaruvchi kompaniya inflyasiya va Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganligi sababli qiyin vaziyatda qolgan.

Shu sababli IKEA tarmoqdagi jami 12 ming kishidan 10 ming nafar rossiyalik xodimlar bilan xayrlashishga majbur bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 4 mart sanasidan boshlab IKEA o‘zining Rossiyadagi do‘konlari va onlayn savdolarini, shuningdek, zavodlarda ham ishlab chiqarishni to‘xtatgan edi.

Iyun oyida esa kompaniya Rossiyadagi faoliyatini sotishini e’lon qilgan edi. O‘shanda u butun dunyo bo‘ylab biznes jarayonlari va ta’minot zanjirlari bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli yaqin kelajakda savdoni qayta tiklash imkoniyati mavjud emasligi haqida ogohlantirgan.

Iyul oyida IKEA o‘z do‘konlaridan xodimlarga, keyinroq esa iste’molchilarga mahsulotlarni onlayn sotishni boshladi. Ammo bu ish uzoqqa cho‘zilmadi va 15 avgust kuni onlayn savdoga nuqta qo‘yildi. Bu vaqt davomida sayt uzilishlar bilan ishladi. Kompaniya esa savdoni to‘xtatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring