DataVolt bilan ma’lumotlar markazini qurish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi

14-fevral kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va DataVolt kompaniyasi bosh ijrochi direktori Rajit Nanda o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda DataVolt kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ma’lumotlar markazini qurish loyihasi bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, IT-xizmatlar eksporti sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mavjud imkoniyatlarni yangi bosqichga olib chiqish, yosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Raqamli texnologiyalar vaziri ma’lumotlar markazlarini barpo etish orqali xalqaro yirik IT-kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish bo‘yicha amaliy ishlarni olib borish kerakligini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter