Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dasturchi murabbiy Andrey Stankevich rahbarligida onlayn trening o‘tkazilmoqda

Dasturchi murabbiy Andrey Stankevich rahbarligida onlayn trening o‘tkazilmoqda

Foto: Servernews

Maktab o‘quvchilarini sport dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiadalarga tayyorlovchi rossiyalik murabbiy Andrey Stankevich o‘zbekistonlik o‘quvchilar uchun onlayn mahorat darslarini o‘tmoqda. Onlayn treningda O‘zbekistondan IOI-2024ning respublika bosqichi g‘oliblaridan iborat 25 nafar maktab o‘quvchi va talabalar ishtirok etmoqda.

Andrey Stankevich:

 — Sankt-Peterburgdagi Axborot texnologiyalari, mexanika va optika universitetining Axborot texnologiyalari va dasturlash fakulteti dotsenti, ta’lim sohasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti mukofoti laureati, 2004 yilda ACM-ICPC mukofoti laureati va 2016 yildan buyon ACM-ICPC ACM katta murabbiysi. Shuningdek, u Sankt-Peterburg dasturlash jamoasining murabbiyi ham hisoblanadi.

Trening 16 martdan boshlandi va uch hafta davom etadi. Ushbu tadbir yosh dasturchilarning iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning kasbiy o‘sishlariga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va “Yandex” kompaniyasining ko‘magida tashkil etildi.

Ishtirokchilar onlayn trening davomida musobaqalardagi muammoli masalalar yechimini hal qilish bilan birga murabbiydan onlayn-maslahat olish imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqdalar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring