"Buni oltinchi sinf o‘quvchisi ham yasay olardi" — Sonyning yangi konsoli shunday baholandi

Digital Foundry loyihasi mutaxassislari PlayStationning yangi konsoli — Project Qni tanqid qilishdi.
Sony uni may oyi oxirida namoyish etdi. Ekspertlar o‘yin qurilmasini ta’riflashar ekan, afzalliklarini sanab berolmadilar. Aytishlaricha, kompaniya u nega kerakligi, boshqalardan qay jihatlari bilan ajralib turishini tayinli tushuntirmagan.
Loyiha a’zolaridan biri Jon Linneman "Buni oltinchi sinf o‘quvchisi ham yasay olardi. Konsolda avvalgilarida uchragan o‘ziga tortar jihatlar topilmaydi", dedi.
Project Q ixcham o‘yin qurilmasi 1080 pikselga teng IPS-ekran, DualSense kontrolleriga ega. Mutaxassislarning aytishicha, yangi o‘yin qurilmalarining chiqishi dasturchilarga muammolar tug‘diradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter