Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sony o‘zining Apple Vision Pro analogini namoyish etdi (video)

Sony o‘zining Apple Vision Pro analogini namoyish etdi (video)

Foto: Siemens Software

Sony kompaniyasi Las Vegas CES 2024 ko‘rgazmasida Apple Vision Pro va Microsoft HoloLensga raqobatdosh bo‘la oladigan aralash reallik garniturasini namoyish qildi. Agar PlayStation VR2 faqat o‘yinlar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, yangi qurilma ish jarayonlarida qo‘llaniladi, mahulot dizaynidan tortib kino sohasigacha.

Siemens kompaniyasi bilan hamkorliikda ishlab chiqarilgan garnituraning har biri 4K piksellar soniga ega 1.3 dyuymli OLED displeyga ega va DCI-P3rang maydonining 96 foizini aks ettirishga qodir. Qualcomm Snapdragon XR2+ Gen 2 protsessori bilan jihozlangan.

Sony katta 3D modellarni renderlashda barqaror kadrlar tezligiga erishish uchun garnitura va ulangan kompyuter o‘rtasida ishlov berish yukini taqsimlash imkonini beruvchi split renderlash texnologiyasidan foydalangan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, ko‘zoynaklar real vaqt rejimida uch o‘lchamli ob’yektlarning teksturasini va personajlarning mimikalarini real vizuallashtirishni ta’minlay oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring