Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Bizning sohamizda ayollarning roli beqiyos

Bizning sohamizda ayollarning roli beqiyos

Foto: t.me/shshermatov

Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan tabriklash bizda ancha vaqtdan beri yaxshi odat bo‘lgan, shu bilan birgalikda mamlakatimizning juda ko‘pchilik ayollariga haqiqiy sharoit yaratish aynan oxirgi yillarda amaliy natijalarini ko‘rsatganini oddiygina shu 3 ta misolda ko‘rsa bo‘ladi:

1) yillar davomida yuz minglab maktab, shifoxona va boshqa davlat idoralaridagi ayollarning majburiy mehnat sababli oylab paxta dalalarida yurishi batamom yo‘q qilinib, tarixga aylandi;

2) 6 yilda oliygohlarda tahsil olayotgan xotin-qizlar soni qariyb 5 barobar ko‘paydi;

3) magistraturada o‘qiydigan ayollarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘liq qoplab berilmoqda.

Boshqa shu kabi o‘zgarishlar bilan bugungi bayram tabrigida yana batafsil tanishib chiqishingiz mumkin: 

Bizning sohamizda ham ayollarning roli beqiyos. Azaldan aloqa sohasida ishlaydigan ayollarimiz pochta yoki telefon aloqasi orqali odamlarning uzog‘ini yaqin qilishga yordam berib kelishgan bo‘lsa, hozirgi nisbatan yangi AyTi sohasida ayollarimizga yanada kengroq imkoniyatlar ochilmoqda. AyTini o‘rgangan ayollarimiz hatto uyidan chiqmasdan ham qo‘shimcha qonuniy yuqori daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lyaptilar.

Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan tabriklaymiz!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring