Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bill Geyts: autistning milliarderga aylanishi

Bill Geyts: autistning milliarderga aylanishi

Foto: "Uznayvse.ru"

30 yildan ko‘proq vaqt oldin Bill Geyts ofisda va uyda kompyuterlar qanday o‘rin egallashini birinchilardan bo‘lib tushungan edi. Bugungi kunda uning dasturlari dunyodagi barcha kompyuterlarning deyarli 90 foizida qo‘llaniladi.

Qahramonimiz 1955-yil 28-oktabrda AQShning Sietl shahrida badavlat oilada tug‘ilgan. Ota-onasi bolaligidan uning ta’limiga katta e’tibor qaratishgan. O‘ziga xos va sho‘x bolakay autizmga chalingan edi. Aniqroq aytganda, autizmning yengil shakli - Asperger sindromi bilan og‘rigan. Asperger sindromi aslida kasallik emas, balki idrok etish xususiyatidir. Shunchaki ular boshqalar bilan muloqot qilishda qiyinchiliklarga duch kelishadi va yolg‘iz qolishni xush ko‘rishadi. Bola Billning o‘z olami bo‘lib, u bilimlarni yaxshi qabul qilar, darslarni tengdoshlaridan yaxshi tushunardi. U 20 jildlik ensiklopediyani o‘qib, sahifama-sahifa sinchiklab o‘rganar edi.

Maktab paytidanoq Bill dasturlashga qiziqar, ko‘p vaqtini kompyuter sinfida o‘tkazib, boshqa darslarga kirmay qo‘ygandi. Bir kuni u o‘zidan 2 sinf yuqorida o‘qiydigan Pol Allen ismli yigit bilan tanishdi. U ham o‘ziga o‘xshab "kompyuter jinnisi" edi. Ular birgalikda maktab jadvalini avtomatik ravishda tuzadigan va o‘sha vaqt uchun noyob bo‘lgan birinchi dasturni ishlab chiqdilar. Yigitlar maktab direktoridan bu uchun besh yuz dollar mukofot olishdi. 17 yoshida Geyts do‘sti bilan yo‘l harakatini tahlil qiladigan dasturni yozgan. Bu uchun yoshlar 20 000 AQSh dollari ishlab oldilar.

O‘rta maktabni tugatgach, u Garvard universitetiga o‘qishga kirdi va dasturlash bo‘yicha o‘qishni davom ettirdi. Yigitlar yana dasturlar yaratish orqali pul topishda davom etib, yig‘ilgan pullardan "Microsoft" kompaniyasiga asos soldilar. Bu uchun shahar chetidagi kichik ofisni ijaraga olishdi. 1978 yilda kompaniyada atigi o‘n bir kishi bor edi. Bill mijozlar bilan shartnomalar va muzokaralar uchun mas’ul edi, Pol texnik yordam bilan shug‘ullangan.

Yigirma to‘rt yoshida Geyts "IBM" bilan shartnoma imzoladi. Boshlangan bu biznes uni  sayyoradagi eng boy va qudratli odamga aylantirishini balki o‘sha payt o‘zi bilmagandir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring