Avgust oyining eng kuchli android-flagmanlari — AnTuTu

OnePlus Ace 2 Pro.
AnTuTu benchmarki an’anaviy Android-smartfonlar reytingining avgust oyi natijalarini e’lon qildi. 2023-yilning avgust oyida eng kuchli, ya’ni qotmasdan ishlaydigan flagmanlar reytingida jiddiy o‘zgarish yuz berdi — yetakchi almashdi.
Qolaversa, yetakchi o‘ntalikda bittayam MediaTek Dimensity 9200+ protsessorli telefon qolmadi — bu joyni faqat Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 protsessorlari o‘rnatilgan smartfonlar band etdi.
23-avgust kuni Xitoyda sotuvga chiqarilgan va shu zahotiyoq qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketgan OnePlus Ace 2 Pro birinchi o‘rinni egallab, avgustning eng kuchli android-flagmani maqomiga erishdi.

Foto: 3DNews
Ikkinchi — Vivo iQOO 11S, uchinchi — RedMagic 8S Pro+ (bu smartfonga kuchaytirilgan SoC Qualcomm Snapdragon 8 Gen2 o‘rnatilgan).

Foto: Notebookcheck
Keyingi o‘rinlarda: iQOO 11 Pro, Vivo X90 Pro+, OnePlus 11, Realme GT5, iQOO 11, Vivo X Fold2 va Oppo Find X6 Pro.
Statistika ma’lumotlari 1-avgustdan 31-avgustgacha yig‘ilgan. AnTuTu reytingida eng yuqori emas, balki o‘rtacha ballar hisobga olingan. Har bir smartfon uchun kamida 1000 tadan test natijalari hisoblandi — bundan kam sonli test o‘tkazilgan smartfonlar reytingga kiritilmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter