Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng sevimli elektromobillar e’lon qilindi — Tesla ro‘yxatda yo‘q!

Eng sevimli elektromobillar e’lon qilindi — Tesla ro‘yxatda yo‘q!

Mini Cooper Electric

Foto: 4PDA

J.D. Power tahlilchilari eng yaxshi elektromobillar reytingini tuzishdi: top-10talikka haydovchilarning tanlovi asos bo‘ldi. Texnik xususiyatlar bilan birga, haydovchilar uchun qulaylik kabi jihatlar hisobga olindi. Yakunda kutilmagan natija kelib chiqdi.

Elektromobillarni baholashda haydovchilarning qanoatlanish darajasini belgilovchi quyidagi omillar hisoblandi:

  • Mashinaning quvvati qancha masofaga yetishi va ishlab chiqaruvchi ko‘rsatgan raqamlarga mosligi
  • Muayyan elektromobil uchun mos quvvatlash stansiyalarining mavjudligi
  • Uyda turib quvvatlashning osonligi
  • Mashinaning narxi
  • Mashinani haydashdan olinadigan zavq
  • Ichki va tashqi dizayn
  • Xavfsizlik va texnologik jihatlar
  • Xizmat ko‘rsatishning murakkabligi
  • Ishonchlilik va sifat

Demak, chempion bilan tanishamiz: haydovchilar bahosiga ko‘ra, eng yaxshi elektromobillar ro‘yxatida birinchi o‘rinni Mini Cooper Electric egalladi.

Ikkinchi — Ford Mustang Mach-E, uchinchi — Hyundai Iqoniq 6. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda — Kia EV6 hamda Nissan Ariya. Ozgina kam ball to‘plagan Chevrolet Bolt EUV keyingi pog‘onadan o‘rin olgan bo‘lsa, uning “egizagi” — Chevrolet Bolt EV yettinchi o‘rinda. Shuningdek, tegishli ketma-ketlikda Hyundai Iqoniq 5, Kia Niro EV va Ford F-150 Lightning top-10 ro‘yxatida joylashdi.

Umumfoydalanishdagi quvvatlash stansiyalari kam bo‘lgan elektrokarlar juda past baholandi. Haydovchilarning fikricha, yuqori sifat elektr motorli mashinalarning eng kuchli jihati bo‘lishi shart.

Tadqiqotga ko‘ra, birinchi marta elektromobilga o‘tirganlar ikkilanmasdan yana benzinli mashinaga qaytishlari mumkinligini aytishgan. Ammo elektromobilini uch marta yangilashga ulgurganlar orasida bunaqalar ozchilik. Elektromobil haydovchilari eng norozilar — gibrid mashinalardan foydalanuvchilar. Agar elektr quvvati yetarli bo‘lmasa, gibridlar kutilganidek yonilg‘ini tejamasligi ta’kidlangan va bu borada ichki yonuv dvigatelli odatiy gibridlar va modellarga yutqazishi aytilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring