Asosiy qonun ––Yurt taraqqiyotining yangi bosqichi
Erkin va farovon hayot har bir jamiyatning oliy maqsadidir. Mustaqil va demokratik davlatda ushbu maqsadga erishtiruvchi omillardan biri Konstitutsiya hisoblanadi.
5–dekabr kuni “O‘zbektelekom” AKda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari, mazmun-mohiyati”, “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” mavzusidagi davra suhbatida ham ayni shular haqida so‘z yuritildi.
Davra suhbat avvalida mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ezgu islohotlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Ayniqsa, bu jarayonda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, shuningdek yangilangan Konstitutsiyaning o‘rni, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar xususida ma’lumot berib o‘tildi.
Shuningdek tadbirda, falsafa fanlari doktori, professor Sayyora Tuychiyeva hamda filologiya fanlari nomzodi, dotsent, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi To‘lqin Eshbekov o‘z ma’ruzalarida mavzuga oid qiziqarli fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Davra suhbati so‘ngida ishtirokchilar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter