Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShning “Meta” kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

AQShning “Meta” kompaniyasi  bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov AQShning Meta kompaniyasining Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston, Shri-Lanka va Maldiv orollari davlat siyosati bo‘yicha rahbari Senura Abeyvardena bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda:

  • mamlakatimizning sun’iy intellekt strategiyasi va ushbu yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar;  
  • yoshlar uchun MetaAI sertifikatlarini joriy etish;
  • O‘zbekistonda raqamli ta’lim va infratuzilmani rivojlantirish; 
  • raqamli texnologiyalar orqali yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish; 
  • ta’lim tizimiga innovatsion texnologiyalarni integratsiyalash masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar IT sohasida hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirdilar va hamkorlik takliflarini tayyorlash uchun kelgusi muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring