AQShda INTEL korporatsiyasining vitse-prezidenti bilan sun’iy intellekt yo‘nalishida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 13-avgust kuni sun’iy intellekt va IT sohasidagi startap loyihalarni rivojlantirish chora-tadbirlariga doir taqdimot bilan tanishgan edi.
Taqdimotda sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, bank, soliq, bojxona kabi sohalarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqilgan edi.
Shu maqsadda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShga xizmat safari doirasida INTEL korporatsiyasining vitse-prezidenti Anil Nanduri bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Shu maqsadda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShga xizmat safari doirasida INTEL korporatsiyasining vitse-prezidenti Anil Nanduri bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuv davomida SI texnologiyalari tadbiq qilishni tezlashtirish yo‘nalishlari, ushbu texnologiyani tibbiyot va ta’limda tadbiq qilish bo‘yicha korporatsiya tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda kelgusi strategik qadamlarning taqdimoti ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, vazir O‘zbekistonning raqamli transformatsiya strategiyasini amalga oshirishda suniy intellekt texnologiyalarining ahamiyatini ta’kidlab, Saudiya Arabistonining DataVolt kompaniyasi bilan “Yashil” Data markaz qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar va sun’iy intellekt strategiyasi bilan tanishtirib o‘tdi.
Uchrashuv davomida vazir tomonidan O‘zbekistonning IT Park rezidenti maqomiga ega xorijiy IT kompaniyalarga berilayotgan bir qator imkoniyatlar, sun’iy intellekt va raqamli transformatsiyani har bir sohada tadbiq qilish bo‘yicha rejalar bilan bo‘lishdi.
Jumladan, uchrashuvda tomonlar sun’iy intellekt texnologiyalari va infratuzilma loyihalari bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdi va ma’lumotlar markazlari uchun hamkorlik imkoniyatlari muhokama qildilar.
Uchrashuv so‘ngida uzoq muddatli hamkorlik istiqbollari doirasida Intel bilan birga O‘zbekistonda SI ta’limi va tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyihalari birgalikda amalga oshirish, yuqori texnologik yechimlarni tatbiq etish bo‘yicha hamkorlik qilish masalalarini ko‘rib chiqishga kelishildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter