Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alexa Plus aqlli va ... pulli bo‘ladi

Alexa Plus aqlli va ... pulli bo‘ladi

Foto: Habr.com

Amazon o‘zining Alexa ovozli yordamchisining xususiyatlarini yangilamoqda. Alexa Plus deb nomlangan yangi obunani ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Yangi tarif ko‘proq interaktiv va moslashtirilgan sun’iy intellekt texnologiyasini taklif qilishi kerak. Bu Amazonning ovozli texnologiyani qayta tiklashga urinishi bo‘ladi.

So‘nggi yillarda Amazonning ovozli yordamchisi foydalanuvchilar soni bo‘yicha Google va Appledan raqobatchilarni ortda qoldirdi. 2024 yilda Google Assistantdan AQShda 88,8 million foydalanuvchi, Apple Sirida 84,2 million, Alexada esa 75,6 million foydalanuvchi bo‘lishi kutilmoqda.

Amazon o‘tgan yili Alexaning sun’iy intellektga asoslangan ba’zi xususiyatlarini namoyish etdi. O‘shanda yanada ilg‘or versiya uchun haq olinishi qistirib o‘tilgan. Ba’zi mijozlar mavjud Amazon xizmatlari uchun shundog‘am pul to‘laydilar. Ular ovozli yordamchining yangi versiyasiga kirish uchun qo‘shimcha pul sarflashni xohlamasliklari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring