Sherzod Shermatov: Kelajakda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz...

Agar kelajakda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz, axborot texnologiyalari sohasida o‘qishga harakat qiling! AKT sohasi mutaxassislarini o‘zlariga jalb qilish uchun hozirgi vaqtda dunyoning deyarli barcha davlatlari harakat qilmoqdalar. Ushbu soha mutaxassislari hech qayerga ketmasdan ham masofadan ishlab yaxshi daromad topa oladilar. Lekin faqat niyatning yoki diplomning o‘zi yetarli emas, maqsad sari doim qattiq tirishib o‘qib, o‘rganib borishga ham tayyor bo‘lishingiz zarur.
8 yil avval Inha University in Tashkent ochilayotganida universitetning eng asosiy yutug‘i bu bitiruvchilarning kelajakda muvaffaqiyatga erishishi ekanligini o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan edik. Ko‘z tegmasin, hozirgi kungacha aksariyat bitiruvchilar ko‘pchilik havas qiladigan joylarda yuqori daromad topib ishlamoqdalar. Bugungi yig‘ilishga kela olgan bitiruvchilarga minnatdorchilik bildiramiz va kelgusida ham boshqa talabalarga doim o‘rnak bo‘lishlarini hamda universitetni qo‘llab borishlarini tilaymiz.
Talabalarimizning o‘qishlari va o‘z ustida ishlashlariga kerakli muhitni yaratishga yangi ochilgan Universitetimizda yig‘ilgan fidoiy jamoamiz ham doim tashabbus ko‘rsatib harakat qilishar edi. Ularning aksariyati hozirda ham ta’lim sohasida o‘z muvaffaqiyatli faoliyatlarini davom ettirmoqdalar, jumladan:
- Xilola Umarova – Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbari;
- Sarvar Babaxodjayev – Toshkent xalqaro ta’lim universiteti rahbari;
- Amirulla Abdullayev – ASTRUM akademiyasi bosh direktori;
- Bexzod Djalilov – Akfa University rektori;
- Alisher Sanetullayev – Yangi O‘zbekiston Universiteti professori, sobiq MIFI rektori;
- Firdavs Kutliyev – Xalq ta’limi vazirligida Ta’lim sifati monitoringi boshqarmasi boshlig‘i;
- Elmurod Rustamov – Yangi O‘zbekiston universiteti moliyaviy va ma’muriy ishlar bo‘yicha prorektori;
- Miryoqub Mirzahmedov – Toshkent shahridagi Yodju texnika universitetida Hamkorlikni rivojlantirish va investitsiya jalb etish bo‘lim boshlig‘i;
- hamda qator boshqa professor-o‘qituvchilar va xodimlar.
Ularning ham kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter