“Offshore Outsourcing Conference 2025”. Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov:

“Prezidentimiz tomonidan 2017 yilda O‘zbekistonni IT Habga aylantirish bo‘yicha uzoqni ko‘zlab, yuqori maqsadlar qo‘yilgani bugun hech birimizga sir emas.
O‘sha vaqtda O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi IT kompaniyalar soni 10 tadan ham kam edi. Hozirgi kunga kelib esa har oyda 30 ga yaqin xorijiy IT kompaniyalar yurtimizda o‘z faoliyatini boshlamoqda!
Shu raqamning o‘zi ham o‘sha vaqtdagi Rahbarimizninig "Vision"lari, ya’ni, uzoqni ko‘zlab tasavvur qila olish qobiliyatlari qanchalik to‘g‘ri bo‘lganligining isbotidir.
Ushbu Vision sababli hozir aynan IT sohasi yuqori daromadli ishlarga yoshlarni jalb qilish bo‘yicha yetakchi bo‘lmoqda.
Ilgari faqat chet elga ketib daromad olish imkoni bo‘lgan iste’dodli yoshlarimiz xorijdagi yaxshi ishini tashlab kelib O‘zbekistonda IT Park rezidenti sifatida o‘zlarining startaplarini kengaytirish ustida ham ishlashmoqda”.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter