Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Raqamli texnologiyalar vaziri qo‘shimcha daromad topish imkoniyati xususida so‘z yuritdi

Raqamli texnologiyalar vaziri qo‘shimcha daromad topish imkoniyati xususida so‘z yuritdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov chet tilini o‘rganishning ahamiyati, frilansing orqali qo‘shimcha daromad topish imkoniyatlari haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.

Chet tilini bilgan yoshlarimiz o‘zini o‘zi band qilish – frilansing orqali ham o‘z uylaridan chiqmasdan, chet eldan qo‘shimcha daromad ishlamoqdalar. Siz ham bunday imkoniyatdan foydalaning!

O‘zbekistonlik frilanserlar o‘tgan yili deyarli 12 mln dollar daromadini pul o‘tkazish yoki Payoneer tizimi orqali mamlakatimizga o‘tkazgan, bu 2019 yilga nisbatan 7,4 barobar ko‘pdir!

Bu ularning barcha topgan mablag‘lari emas, albatta, chunki ularning ko‘pchiligi chet eldan topgan daromadiga chet davlatning o‘zidan ko‘pgina boshqa mahsulot va xizmatlarni ham xarid qilishadi.

O‘zini o‘zi band qilib ro‘yxatdan o‘tkazilsa, frilansing bo‘yicha topgan daromadiga qo‘shimcha soliq to‘lanmaydi: https://my.gov.uz/oz/service/491

Marhamat, Siz ham internetdagi vaqtingizni bekor o‘tkazmay, chet tilini o‘rganib, qaysidir sohada mutaxassis bo‘lib, portfolioni kengaytirib, uydan chiqmasdan qo‘shimcha daromad olayotgan hamyurtlarimiz qatoriga qo‘shilishingiz mumkin!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring