Odamlar yo‘q joydan ularni qoralashga harakat qilayapti

Davlat byudjetidan bir so‘m ham mablag‘ yoki subsidiyalangan kredit olmasdan 2017-yilgacha rasman deyarli yo‘q bo‘lgan (asosan norasmiy ishlangan) AyTi sohasi bu yil 100 mln dollardan ortiq rasmiy eksportga erishishi kutilmoqda.
AyTi sohasida ish bilan band bo‘lganlarning umumiy soni (rezidentlarda ishlaydiganlar va rasman frilanser bo‘lib ro‘yxatdan o‘tganlar) an’anaviy aloqa sohasidagilarnikidan oshdi. Bu albatta IT Park komandasining to‘g‘ri ishlagani sabablidir. Shu vaqtgacha bu komandaga umuman yordam bermagan odamlar yo‘q joydan hozir ularni qoralashga harakat qilayotgani esa achinarli hol…
24-iyul kuni o‘tkazilgan IT Park Rewind tadbirida Birlashgan Arab Amirligi, Germaniya, Hindiston, Rossiya, Belarus davlatlaridan mehmonlar kelib, O‘zbekistonni AyTi xabga aylantirish va eksportni yanada oshirish bo‘yicha vazifalarni muhokama qilishgandi. Batafsil ma’lumot ushbu videoda va saytda: https://it-park.uz/ru/itpark/news/kak-proshel-it-park-rewind-2022
Tadbirdan so‘ng hozirgi kungacha IT Park rezidentlari soni 174 taga oshdi, shundan 56tasi eksportyor. Bu esa yana qo‘shimcha 2000 dan ortiq ishchi o‘rinlari degani. Kichkina emas, balki 400 dan ortiq mehmonlar (soha xodimlari va ASTRUM o‘quvchilari bilan hisoblasa 1000 ga yaqin) qatnashgan tadbir 819 mln so‘mga tushgan ekan, nechta bolani bu pulga o‘qitsa bo‘ladi deyishibdi. INXA yoki AMITIda 1 yil o‘qish 30 mln atrofida bo‘lsa, 4 yilda bir bolaga 120 mln ketadi, ya’ni bu pulga 7 ta bolani bakalavrga o‘qitsa bo‘ladi. Uniyam qilish kerak albatta (shuning uchun INXAga Prezidentimiz 100 ta grant ajratib berdilar), lekin bu tadbir ham muhim.
Xullas, yoki IT Park faoliyatiga endi katta-katta kompaniyalar ishonib, O‘zbekistonga autsorsni ko‘paytirib turgan vaqtda unga xalaqit qilmasdan kelgusi katta marra eksportni 1 mlrd dollarga olib chiqish ustida birgalikda ishlashimiz kerak yoki mayda g‘iybat gaplar bilan ularni ham qo‘lini sovitib, O‘zbekistonni AyTi autsorsing xabiga aylantirish fikridan voz kechishimiz kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter