Sherzod Shermatov ATdan foydalanmaydigan rahbarlarni «ogohlantirdi»
«Axborot texnologiyalarining joriy etilishi va o‘zaro integratsiyasi barcha davlat organlari faoliyatini takomillashtirishga va qarorlarini tahlil asosida qabul qilishiga yordam beradi. Bu haqda AKT vaziri Sherzod Shermatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bundan 5 yillar avval axborot texnologiyalari joriy etilishi eng qiyin bo‘lgan idoralar qatorida odatda hokimiyat va kommunal xizmatlar yetkazib beruvchilar bo‘lar edi. Hozir esa bunday ikki davlat tashkilotlari rahbarlarining shaxsan o‘zlari qanchalik axborot texnologiyalari ularning ish faoliyatlariga yordam berayotganini Prezidentimizga taqdimot qilmoqdalar...
Raqamli Toshkent markaziga tashrif davrida Davlatimiz Rahbari uning imkoniyatlari bilan tanishish bilan birgalikda axborot texnologiyalarini barcha sohalarga va hududlarga kengroq joriy etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdilar.
Darhaqiqat, hozirgi kunda qaysi rahbar axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanmaydigan bo‘lsa, u orqada qolib ketishi aniq. Shuning uchun, boshqa barcha soha va hududlar rahbarlari imkoni boricha tezroq o‘z sohalariga va hududlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish choralarini ko‘rishlari shart. Bunda tizimlarga kiritilayotgan birlamchi ma’lumotlarning haqqoniyligiga, ayniqsa, alohida e’tibor qaratish kerak. Shundagina ushbu ma’lumotlarning tahlili asosida joylarda to‘g‘riroq qarorlar qabul qilish imkoni yaratiladi», deya ta’kidladi AKT vaziri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter