Hindistonning global IT-xabga aylanishi
Hozirgi kunda Hindistonning global IT-xabga va «Hind axborot mo‘jizasi»ga aylanishi haqida gap-so‘zlar ko‘paymoqda.
Facebook, Google, Amazon kabi global axborot kompaniyalari AQSh va arab investitsiya fondlari bilan birgalikda Hindiston axborot sektoriga sarmoya kiritish va Jio Platforms kabi Hindiston IT korporatsiyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun saf tortmoqda. Jahon bozorida IT sohasi bilan shug‘ullanuvchi har to‘rt kishidan uchtasi – hindlar. Hindiston IT eksportining 38 foizini Bangalor shahri yetishtiradi, yaqin yillarda San-Fransiskoni ortda qoldirib, dunyodagi eng muhim axborot texnologiyalari markaziga aylanishi mumkin.
Bu qanday sodir bo‘ldi?
Hindistonda axborot texnologiyalarining ahamiyatini juda erta anglab yetishgan. 1970 yillarda Internet DARPAning rivojlanishi sifatida Qo‘shma Shtatlarda endigina paydo bo‘lgan va birinchi shaxsiy kompyuterlar biroz shubhali g‘oya bo‘lib tuyulgan edi. Xitoyda qizil gvardiyachilar sholi dalalariga «tashlangan» universitet o‘qituvchilarini kaltaklayotgan bir vaqtda Hindiston dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar uchun eng qulay shart-sharoitlarni ta’minlovchi davlat dasturini allaqachon qabul qilgan. Ular uchun subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va pasaytirilgan bojxona stavkalari berilgan.
Mumbay yaqinida 1973 yilda xorijiy mijozlar uchun dasturiy ta’minot eksportiga ixtisoslashgan birinchi SEEPZ maxsus iqtisodiy zonasi paydo bo‘ldi. Hindistonning birinchi IT kompaniyasi 1968 yilda tashkil etilgan Tata Consultancy Services bo‘lib, u 1975 yilda Shveysariya, Kanada va Janubiy Afrikadagi banklar uchun dasturiy ta’minotni sotgan va 2021 yilga kelib eng katta bozor kapitallashuvi 200 milliard AQSh dollari bo‘lgan transmilliy IT korporatsiyasiga aylangan.
Biroq, keyingi chorak asrda Hindistonning IT sektori milliy va jahon bozorlarida unchalik sezilmadi. 90 yillarda Hindistonning butun axborot industriyasi bir necha ming IT mutaxassislardan iborat edi va bu ko‘rsatkich – aholi soniga qiyoslansa juda kam – taxminan 100 million AQSh dollari miqdorida axborot texnologiyalari sohasidagi eksport.
Biroq, bu noaniqlik ostida Hindiston rahbariyati va kompaniyalarining 80-90-yillarda olib borilgan uzoq, jiddiy va tizimli ishlari yotardi va bu keyingi muvaffaqiyatlarni oldindan belgilab berdi. Misol uchun, 1986 yilda Hindistonda dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va eksport qilish bo‘yicha yangi davlat dasturi qabul qilindi, unda IT sohasini rivojlantirish milliy iqtisodiyot kelajagining kaliti sifatida belgilandi. Axborot texnologiyalari uchun barcha mumkin bo‘lgan imtiyozlar berildi, cheklovlar olib tashlandi, ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yildi.
Shundan so‘ng, Hindiston IT sohasi XXI asr boshidagi axborot inqilobi va tezkor internetlashuv to‘lqinini ishonchli tarzda bosib o‘tdi. Uning uchun burilish nuqtasi hozirda yarim unutilgan, ammo 1990 yillarning oxirida juda ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘lgan, «2000 yil muammosi», ya’ni Y2K edi. Eslatib o‘taman, XX asrda yozilgan ko‘plab eski dasturlar yilni yozish uchun faqat oxirgi ikki raqamdan foydalangan. Natijada, 1999 yil, ya’ni ulardagi yil 1900 yil bilan almashtirilishi kerak edi, bu esa katta hajmdagi kompyuter tizimlarning nosozliklariga olib kelishi mumkin edi. Eski kodni tuzatish uchun IT mutaxassislarining butun armiyasi kerak edi – Hindiston uni jahon bozoriga taqdim eta oldi.
2000 yillarning boshida Hindiston IT mahsulotlar eksporti bo‘yicha yetakchiga aylandi va global IT autsorsing bozorida hukmronlik qildi. Bunga asosiy sabab, hindistonlik IT mutaxassislar G‘arb standartlari bo‘yicha «tiyin»larga ishlashga tayyor edi.
Shu sababli, 2000-2010 yillar oxirida «hind kodi» rus tilida so‘zlashuvchi IT mutaxassislar orasida mem bo‘lib, hayratlanarli darajada egri narsalarni anglatgan. Biroq, vaqt o‘tdi, insonlar va kompaniyalar o‘rganishda to‘xashmadi, Hindistonning IT sektori jadal rivojlandi va tobora kattaroq va jiddiyroq buyurtmalarni olishga muvaffaq bo‘ldi, bu ularni professional qildi.
Shu bilan birga, chet el buyurtmalarining deyarli cheksiz bozoriga ega bo‘lgan IT mutaxassisliklari millionlab ambitsiyali va aqlli yoshlar uchun qashshoqlikdan qutulish bo‘ldi. Mumbaydan tashqari, birinchi navbatda milliy, keyin esa global ahamiyatga ega bo‘lgan yirik IT markazlari shakllana boshladi: Bangalor, Haydarobod, Chennay.
Bunga parallel ravishda, Jio Platforms kabi hind IT gigantlar va hukumat harakatlari Hindistonni internet davlatga aylantirdi. 2010 yilda Hindiston fuqarolarining bor-yo‘g‘i 7,5 foizi butun dunyo bo‘ylab internetdan foydalangan bo‘lsa, 2020 yilda internetga ulanishning arzonligi va mahalliy ishlab chiqarilgan smartfonlar tufayli bu ko‘rsatkich deyarli 700 millionga yetdi, bu mamlakat aholisining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi. Bu Hindistonni internetdan foydalanuvchilar soni bo‘yicha Xitoydan keyin ikkinchi o‘ringa chiqardi. Shunday qilib, 2019-2020 yillarda global IT gigantlari qat’iyat bilan Hindistonga ko‘chib o‘tishdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter