IT o‘quv markazi ochish va yuritishda nimalar muhim?
Ijtimoiy tarmoqlar orqali menga IT o‘quv markazlari ochish va yuritish bo‘yicha maslahatlar so‘rab yozib turishadi. Bugun ularni umumlashtirib qisqacha o‘z fikrlarimni bildirmoqchiman. Agar men IT yo‘nalishida o‘quv markazi ochaganimda, marketingni qaysi tillar va texnologiyalar o‘rgatilishiga qaratmayman. Fikrimcha, qanday loyihalar qilish mumkinligi haqida ma’lumot ulashish samarali bo‘ladi. Chunki, dasturlash tillarini ko‘pchilik bilavermaydi.
Xususan quyidagicha:
❌ Bu o‘quv markazida siz Java, Python va boshqa tillarni o‘rganasiz.
✅ Bu o‘quv markazida siz Telegram Bot yozishni, Mikroservislar asosida yozilgan Web loyiha yozishni, o‘zi yuradigan avto-mashina qilishni o‘rganasiz.
Ishonch bilan ayta olamanki, bugungi kunda texnologiya ahamiyatli emas. Bu texnologiyalar bilan nima qila olishingiz va loyihalar muhim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter