Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Rahmonov

O‘rgan, ulash va ruhlantir!

“Cloud” xarajatlarini 2 baravar tushirgan – dasturchi cifatida o‘sish

“Cloud” xarajatlarini 2 baravar tushirgan – dasturchi cifatida o‘sish

Ko‘pchilik mendan dasturchi sifatida muvaffaqiyatli karera qilish borasida tavsiyalar so‘rashadi. Quyida bu boradagi ko‘rgan va kuzatganlarim bo‘yicha fikrlarimni bo‘lishmoqchiman.

1. Boshqalar uchun noaniqliklarni iloji boricha kamaytiring.

Uber taksi topishdagi noaniqlikni yo‘qotdi. Amazon mahsulot sotib olish va yetkazib berishdagi noaniqlikda shu yo‘lni tutdi. Siz ham menejeringiz va jamoadoshlaringizda bo‘lgan noaniqliklarni yo‘qotishingiz mumkin. Siz ham vaqtida «status update»lar berish orqali menejeringizdagi va faqat siz yoki kamchilik bilgan narsalarning «dokumentatsiya»sini yozish orqali jamoadagi noaniqliklarni yo‘qotsangiz bo‘ladi.

2. Qanday kompaniyada ishlashingiz qanday pozitsiyada ishlashingizdan muhimroq.

Yani yaxshi kompaniyada oddiy dasturchi > yomon kompaniyada CTO.

3. Qilayotgan ishingiz qanchalik kichik yoki «ahamiyatsiz» bo‘lmasin, uni ilojingiz boricha yuqori sifat bilan bajaring.

Doimiy ravishda sifatli ish qiladigan shaxs sifatida reputatsiyaga ega bo‘ling. Natijada siz ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lasiz va karerangiz katta tezlikda o‘sadi.

4. Agar sizga ishonishmasa, qanchalik aqlli va iqtidorli ekanligingizning farqi yo‘q.

5. Sizni ruhlantiradigan va buyuklikka ilhomlantiradigan aqlli odam bilan turmush quring.

6. Siz ishlaydigan joyning yaxshi-yomonligini bilish uchun 2 ta shart bor: o‘sish yoki yaxshi pul topish. Kamida ikkalasidan biri bo‘lishi kerak sizda. Ideal holatda ikkalasi ham bo‘lishi lozim. Unisi ham, bunisi ham bo‘lmasa, u yerdan keting.

7. Menejerlaringizning karerangizdagi o‘rni juda ham katta. Zo‘r menejer sizning o‘sishingizni 3-4 yilga tezlashtirib yuborishi, yomoni esa shunchaga orqaga surishi mumkin. Menejeringizni yaxshilab tanlang.

8. Faqatgina texnik atamalar bilan emas, biznes atamalar bilan o‘zingizning biznesga bo‘lgan ta’siringizni ifodalashni o‘rganing.

Masalan, tavsiya bermayman: «Men veb dasturchiman, backend bilan shug‘ullanganman».

Yaxshisi, quyidagi fikrni bildirish samarali: «Men qilgan ilovalar kompaniyaning cloud” xarajatlarini 2 baravar tushirgan».

9. Qilgan ishlaringiz haqida boshqalar bilishini ta’minlang. Blog postlar yozing, kompaniya ichida demo‘lar qiling. Konferensiyalarda qatnashing, «talk»lar bering.

10. Zo‘r yozma va og‘zaki muloqot qila olish – eng kerakli «skill». Kod yozish emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring