Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parizoda Raximova

«Javobsizlik ham javob. Bu fikrning ma’nosini tushuna olsangiz, ko‘plab umidsizliklardan qochasiz».

Toshkentdagi restoranlardan birida ilk robot ofitsiant paydo bo‘ldi

Poytaxt restoranlaridan birida ilk bor robot ofitsiant ish boshladi. U zal bo‘ylab aylanib, stollar orasidan mohirona harakat qiladi va mehmonlarni ovqat bilan ta’minlaydi. Xabar.uz jurnalisti yangi xodim o‘z vazifasini qanday bajarayotgani bilan tanishdi.

Robot ofitsiant patnis bilan jihozlangan zamonaviy qutichaga o‘xshaydi. Uning qiyofasi mushukni eslatadi. Texnika Xitoyning PuduTech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Model BellaBot deb nomlanadi va uning narxi taxminan 12 000 dollarni tashkil qiladi.

Robot bo‘sh vaqtlarida kassalarda “uxlaydi”. Buyurtma tayyor bo‘lgach, tarelkalar patnis ustiga qo‘yiladi va sensorli ekranda stol raqami ko‘rsatiladi. Yo‘l belgilandi, “ofitsiant” shosha-pisha kerakli nuqtaga boradi.

Robotga masofadan boshqarish pulti kerak emas. U shiftga yashiringan maxsus stikerlarga e’tibor qaratib, aniq belgilangan marshrut bo‘ylab harakatlanadi.

Restoranda oddiy ofitsiantlar ham bor, axir BellaBot butunlay avtonom emas.

“Robotda ichimliklarni bemalol yetkazib bera oladigan rejim bor, lekin bu holatda u juda sekin harakatlanadi”,–deb tushuntiradi, restoran menejeri Anastasiya.

Robot siz bilan gaplashadi, ammo muassasadagi shovqin tufayli eshitilmasligi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring