Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi ish boshlagan dasturchilarga o‘z ishining ustasidan 12 ta maslahat

Yangi ish boshlagan dasturchilarga o‘z ishining ustasidan 12 ta maslahat

Foto: Mkdev.me

Kasbga yangi kelgan odamning umidsizlikka tushishi va ulug‘vor rejalarni o‘chirishi oson. Ba’zida hamma narsa sizga qarshi ishlayotgandek tuyuladi va ayni vaqtda loyihadan voz kechish vasvasasi xavf soladi. Buning oldini olish uchun dasturchi Xarsh Makadia ushbu sohaga ilk qadamlarini qo‘yayotganlarga maslahatlar berdi.

  1. Til tanlang. Dasturlash tillari juda ko‘p. Siz ulardan birortasini tanlab oling va uning ustida mashq qiling.
  2. Har kuni o‘rganish uchun vaqt ajrating. Bloglarni o‘qing, o‘quv videolarini tomosha qiling, yangi narsalarni o‘rganishda davom eting.
  3. Bo‘sh kelmang. Boshida ko‘p narsa noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Ammo yaxshi dasturchi uchun taslim bo‘lmaslik qobiliyati muhimdir.
  4. G‘ildirakni qayta ixtiro qilmang. Har bir yechim noldan yaratilishi shart emas, balki mavjudini takomillashtirgan holda davom ettirarsiz.
  5. Talabalik paytingizdayoq loyihalar yaratishga kirishing. Bu taktika boshqalardan osongina o‘zib ketishingizga yordam beradi.
  6. O‘rganish davomida pul ishlang. Ya’ni, pul topish uchun o‘qishni bitirishingizni kutmang. Bu borada frilanserlik sizga qo‘l keladi.
  7. Oldingizga kichik maqsadlar qo‘ying va ularga erishing. Ushbu yondashuv o‘zingizna nisbatan ishonchni oshiradi.
  8. Birovning rejalariga emas, balki o‘zingizning rejalaringizga e’tibor qaratishga harakat qiling. Chunki kimgadir ishlagan narsa sizga qo‘l kelmasligi mumkin.
  9. O‘rganish bosqichida maslahat uchun do‘stlar va murabbiylarga murojaat qiling. Hatto ahmoqona tuyuladigan savollarni ham beravering - uyalmang!
  10. Boshqalar bilan raqobat qilmang - o‘zingiz bilan raqobatlashing. O‘zgalar bilan taqqoslash motivatsiyaga zarar yetkazadi va rivojlanishga to‘sqinlik qiladi.
  11. Tanaffus qiling va yangi kuch bilan ishga qayting. Yaxshi dam - mehnatga hamdam.
  12. Professionallar tug‘ilmaydi. Mas’uliyat va mehnatsevarlik mutaxassis bo‘lishga yordam beradi. Qani, olg‘a!
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring