Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quvvatlagichni rozetkada qoldirish xavflimi?

Quvvatlagichni rozetkada qoldirish xavflimi?

Foto: Hi-tech.mail.ru

Ba’zan quvvatlagichni rozetkadan olib qo‘yishga erinamiz. Bu texnik xavfsizlik nuqtai nazaridan oqlanadimi? Mutaxassislarning aytishlaricha, xavotirga o‘rin yo‘q. Bu hech qanday xavf tug‘dirmaydi.

Yana bir savol ko‘pchilikni o‘ylantiradi: Elektrga ulangan, lekin telefonni to‘ldirmayotgan quvvatlagich ham energiya sarflaydimi? Ha. Ammo kam miqdorda. Quvvatlovchi qurilmalarga 220 V standart kuchlanishni kerakli darajaga o‘zgartiradigan transformator o‘rnatilgan. Telefonni to‘ldirib olish uchun odatda taxminan 5 V kuchlanish ishlatiladi. Yodda tutingki, transformator qurilma ulanmagan bo‘lsa ham ishlaydi. Ya’ni, elektr energiyasining bir qismini isrof qiladi.

Momaqaldiroq paytida quvvatlagichni rozetkaga ulangan holda qoldirish mumkinmi? Tavsiya etilmaydi. Momaqaldiroq paytida, umuman olganda, barcha jihozlarni o‘chirib qo‘yish yaxshiroqdir.

Quvvatlagichning qizib ketishi xavflimi? Aslida elektr quvvati bilan ishlaydigan qurilmaning isishi tabiiy holat. Ammo o‘ta qizib ketganida elektr tarmog‘idan uzish kerak. Bu, odatda, elektr tarmoqlari ancha eskirgan va ularni o‘rnatishda xavfsizlik talablari bajarilmagan joylarda sodir bo‘ladi. Shuningdek, arzon va asli bo‘lmagan qurilmalar ham qizib ketishga moyildir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring