Tezkor quvvatlash — smartfonga zarar, lekin buning oldini olish mumkin
![Tezkor quvvatlash — smartfonga zarar, lekin buning oldini olish mumkin](https://ict.xabar.uz/static/crop/2/1/920__95_2141432662.png)
Ko‘pgina zamonaviy modellar tezkor quvvatlash funksiyasiga ega, ammo siz uni oqilona ishlatishingiz talab etiladi. Smartfoningiz buzilmasligi uchun tezkor quvvatlashdan foydalanganda bir nechta qoidalarni eslab qolishingiz kerak.
- Original quvvatlagich tanlang. Bu sizning telefoningiz unga mos kelishi va batareyaga zarar yetkazishining oldini oladi. Xitoy analoglariga kelsak, ba’zida ishlab chiqaruvchi noto‘g‘ri oqim va kuchlanish qiymatlarini ko‘rsatishi mumkin. Bu batareyangiz uchun ziyon keltiradi.
- Telefoningiz haddan tashqari qizib ketmasin. Quvvat olayotganda qurilmani issiq joylarda, radiatorlar yonida yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida qoldirmang.
- Smartfoningizni to‘liq o‘chishini kutmang. 20 foizdan kamroq quvvat qolganda uni quvvatlantirishga ulang. Shuningdek ko‘proq — 40-50 foizlik paytida ham quvvatlantirmaganingiz ma’qul. Eng to‘g‘ri yechim — 20 foizda ulab, 80 foizda quvvatlantirishni to‘xtatishdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter