Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Agar noutbukka suv to‘kilib ketsa...

Agar noutbukka suv to‘kilib ketsa...

Фото: Yandex.com

Salqin ichimlik ichib, sevimli filmingizni tomosha qilayotgan chog‘ingiz, bexosdan noutbukka suv to‘kilib ketsa bormi...

Asabiylashib, o‘zingizni koyigandan ko‘ra, tezroq harakat qilsangiz, suv bosgan noutbukni shikastlanishdan saqlab qolishingiz mumkin. 

Avvalo, bunday hodisa yuz berganda zudlik bilan qurilmani tarmoqdan uzib qo‘yish lozim. Keyin esa noutbukni ochib, uni teskari “V” ko‘rinishida tekis yuzaga qo‘yish kerak.

Ushbu holatda ichkariga oqib ulgurgan har qanday suyuqlik klaviatura va tirqishlar orqali tashqariga oqib chiqadi.

Noutbukni bir necha soatga shu holatda qoldiring, suvning qolgan tomchilariga ham chiqish yo‘lini topishga imkon bering.

Sizib chiqqan suvni esa o‘z vaqtida artib olishni unutmang!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring