Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tesla millioninchi elektromobilini qayerda ishlab chiqarmoqchi?

Tesla millioninchi elektromobilini qayerda ishlab chiqarmoqchi?

Foto: https://sm.news

Tesla kompaniyasi Shanxaydagi zavodida millioninchi elektromobil ishlab chiqarilishini e’lon qildi.
O‘tgan yili kompaniya rahbari Ilon Mask Shanxaydagi gigafabrika ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha Kaliforniyaning Frimont shahridagi zavodni ortda qoldirganini aytgan edi. Oktyabr oyida Tesla Xitoy zavodi yangi asosiy eksport markazi bo‘lishini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, Shanxaydagi gigafabrika qurilishi 2018-yilning dekabr oyida boshlangan. 2019-yil dekabr oyidan mahsulot ishlab chiqara boshlagan zavod ikki yil ichida dunyodagi eng yirik elektromobil ishlab chiqaradigan korxonaga aylandi. Yillik ishlab chiqarish 2021-yilda 800 mingga yetdi.

Avgust oyi boshida Mask Teslaning barcha zavodlari jami 3 million dona avtomobil ishlab chiqarganini e’lon qildi. Undan bir oy avval esa kompaniya Frimont zavodi 2 millioninchi elektromobilni ishlab chiqarganini e’lon qilgan edi.

Iyun oyida Tesla Shanxaydagi zavodini yangilashni boshladi. Kompaniya haftasiga 21 000 dona elektromobil ishlab chiqarish quvvatini oshirish uchun gigafabrikani bir necha haftaga qisman yopdi. Endilikda kompaniya Shanxayda yiliga 1 milliondan ziyod elektromobil ishlab chiqaradi.

Ayni paytda Xitoy korxonasida Tesla Model 3 va Model Y ishlab chiqarilmoqda. Yil so‘nggigacha gigafabrikada kompaniya elektromobillarining boshqa modellari ham ishlab chiqarila boshlaydi.
Shanxay gigafabrikasining muvaffaqiyati Teslani Xitoyga ko‘proq sarmoya kiritishga undashi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring