Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tesla Model 3 ning yangi versiyasi sizga yoqishi aniq!

Tesla Model 3 ning yangi versiyasi sizga yoqishi aniq!

Foto: 4PDA

Ijtimoiy tarmoqlarda Tesla elektromobilining mutlaqo yangi modifikatsiyasining ilk suratlari paydo bo‘ldi.

Insayderlarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, mashina Model 3 Performance nomi bilan tanilgan.

Avtomobil o‘rindiqlarining orqa tarafida Ludicrous yozuvi joylashtirilganiga qaraganda, bu modelning haqiqiy nomi bo‘lishi mumkin.

Mashinadagi modernizatsiya qilingan spoyler, orqa diffuzor va yangi Tesla aerodinamik g‘ildiraklarini alohida e’tirof etish mumkin.

Avtomobil qora tom va minimal miqdordagi dekorativ elementlar bilan yorqin qizil rangda taqdim etilgan.

Mashinaning oldingi qismida cho‘zilgan faralar mavjud, orqa qismi esa C shaklida.

Tesla Model 3 Ludicrous haqida hozircha texnik tafsilotlar yo‘q.

Mish-mishlarga ko‘ra, yengil kuzov va asosiy modelga nisbatan yaxshiroq aerodinamik ko‘rsatkich avtomobilni brend seriyasidagi eng tez va manevrli mashinalardan biriga aylantirishi shubhasiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring