Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haydovchilik guvohnomangizni yo‘qotib qo‘ydingizmi? Sizga yordam beramiz!

Haydovchilik guvohnomangizni yo‘qotib qo‘ydingizmi? Sizga yordam beramiz!

Foto: Nnews.uz

Yo‘qotib qo‘yilgan qimmatroq buyum yoki puldan ko‘ra rasmiy hujjatimizni qidirib topolmaslik bizni ko‘proq xunob qiladi, to‘g‘rimi?

Hozir ko‘p joyga haydovchilik guvohnomasi pasport kabi o‘tishini bilgan ko‘pchilik uni mashinasida qoldirmay, yonida olib yurishga odatlangan. Bu yaxshiku-ya, ammo uni yo‘qotib qo‘yish ehtimoli xavotirga qo‘yadi.

Haydovchilik guvohnomasini yo‘qotib qo‘ygan odam yangisini olish uchun DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markaziga borishi kerak. Lekin bugungi ish ko‘p, vaqt yo‘q zamonda barini onlayn hal qilishning ham iloji bor. Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda so‘rovnoma yuboriladi. 

Ariza beruvchining avtomototransport vositasini boshqarishga bo‘lgan huquqi mavjudligi yoki bu huquqdan mahrum etilmaganligi tizimda tasdiqlansa, unga shu vaqtning o‘zida to‘lov invoysi taqdim qilinadi. To‘lov BHMning 1 baravari miqdoridadir.

Aytgancha, xohishga ko‘ra, milliy haydovchilik guvohnomasini pochta orqali olish ham mumkin. Bunda pochta xarajatlari ariza beruvchi hisobidan qoplanadi. Pochta xizmati uchun to‘lov miqdori pochta xizmati tomonidan belgilanadi.

Yaxshisi, har qanday muhim hujjat qatori haydovchilik guvohnomasini ham ehtiyotlang, tayin joyda saqlang. Mabodo yo‘qotib qo‘ysangiz, my.gov.uz orqali mushkulingizni oson qiling. Bir marta yo‘qotib topgan odam kelasi safar xushyorroq bo‘lsa kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring