Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli texnologiyalarga oid jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi

Raqamli texnologiyalarga oid jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi

Foto: Norma.uz

Vazirlar Mahkamasining “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlar oldini olish yo‘nalishida professional kadrlarni uzluksiz, bosqichma-bosqich tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaning quyidagi takliflari ma’qullanadi:

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab, raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish yo‘nalishi bo‘yicha bosqichma-bosqich har yilgi belgilanadigan davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqib, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda O‘zbekiston milliy universitetida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;

  • Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Raqamli kriminalistika” yo‘nalishi bo‘yicha tergovchilar hamda tezkor-qidiruv xizmati xodimlari uchun doimiy maxsus o‘quv kurslarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofaviy shaklda axborot-ta’lim portali orqali tashkil etish;
  • Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab “Kiberhuquq” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura yo‘nalishini ochish.
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab universitetlarda raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari kvotalarini davlat buyurtmasiga asosan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish har yilgi davlat buyurtmasi parametrlarini belgilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Belgilanishicha:

  • nazariyani amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish yo‘nalishida 3-4-o‘quv kurslari talabalari ichki ishlar va prokuratura organlarida o‘quv rejalarida belgilangan muddatlarda amaliyot (stajirovka) o‘tashi tashkil etiladi;
  • universitetlarni raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olishga doir mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘qishni tamomlagan talabalar huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi xizmatga belgilangan maxsus tartiblar va talablar asosida qabul qilinadi;
  • raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish yo‘nalishida professional kadrlarni uzluksiz, bosqichma-bosqich tayyorlash va qayta tayyorlash respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring