"Kosmik faoliyat to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi

Kosmik faoliyatni amalga oshirishning asosiy maqsadlaridan biri O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini mustahkamlashga ko‘maklashish hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi kosmik faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi kosmik faoliyat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Mudofaa vazirligi mamlakat mudofaasi va xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlagan holda, kosmik faoliyat imkoniyatlaridan foydalanadi, shuningdek harbiy kosmik texnologiyalarni yaratish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
Qonunda kosmik faoliyat sohasidagi strategik yo‘nalishlar hamda davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlaridagi qonunchilik buzilishi hollarini kosmik suratlarga ishlov berish orqali aniqlashga ko‘maklashish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligi nazarda tutilgan.
Quyidagilar kosmik tizimlarning turlari jumlasiga kiradi:
- Yerni masofadan zondlash;
- kosmik monitoring;
- davlat kosmik monitoringi;
- kosmik aloqa tizimi;
- yuqori aniqlikdagi sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi;
- kosmik tizimlarning ilmiy, iqtisodiy, ekologiyaga, axborotga va tijoratga oid maqsadlarda, shuningdek O‘zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq yaratilgan boshqa turlari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter