Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qog‘ozdagi parol pand berdi: avval plastik karta, so‘ng ichidagi pul o‘g‘irlandi...

Qog‘ozdagi parol pand berdi: avval plastik karta, so‘ng ichidagi pul o‘g‘irlandi...

Illyustrativ foto: Xabar.uz

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida yashovchi 60 yoshli (ayol) M.G. ichki ishlarga arz qilib, plastik kartasidagi 1 mln so‘m pulni noma’lum shaxs o‘zlashtirib olganini ma’lum qildi.

Tezkor-qidiruv xizmatining kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Bo‘ka tumanida yashovchi 33 yoshli (erkak) X.E. sodir etgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb jalb etilgan X.E. jabrlanuvchi M.G.ga tegishli bank kartasini avvaliga o‘g‘irlab olgan, so‘ngra ushbu karta ustida yopishtirilgan qog‘ozdagi parolidan foydalanib, uning hisobidagi 1 000 000 so‘m pulni bankomat orqali naqdlashtirib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Izohga hojat yo‘q — kartaning paroli o‘zi bilan...

Holat yuzasidan JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.E.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring