Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini “Click operatori” deb tanishtirdi va...

Qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini “Click operatori” deb tanishtirdi va...

Foto: Kiberxavfsizlik markazi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 33 yoshli U.O. IIOga murojaat qilib, bank kartasidagi 600 000 so‘m pul noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qildi.

Tezkor-qidiruv xizmatining kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs — Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi 20 yoshli K.G. aniqlandi.

Aytilishicha, K.G. jabrlanuvchi U.O.ning qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini “Click operatori” sifatida tanishtiradi, SMS-xabarnoma yuborish orqali uning kartasi boshqaruv huquqini qo‘lga kiritadi va jami 600 000 so‘m pulni o‘ziga o‘tkazib olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K.G.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring