Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Gyeongbuk TechnoPark” va “Gyeongbuk Development Institute” bilan o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi

“Gyeongbuk TechnoPark” va “Gyeongbuk Development Institute” bilan o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi

Foto: Digital.uz

IT Park Uzbekistan, “Gyeongbuk TechnoPark” va Koreya Respublikasining “Gyeongbuk Development Institute ” oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum “Gyeongbuk TechnoPark ” bosh direktori In Son Ha (In Seong Ha), “Gyeongbuk Development Institute ” prezidenti Chul Kyon Lyu (Chul Gyun Lyou) va IT Park Uzbekistan ijrochi direktori Abdulahad Kuchkarov tomonidan imzolandi.

Memorandum ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik va axborot sanoatini rivojlantirishga qaratilgan. Asosiy jihatlar qatoridan Koreya Respublikasi va O‘zbekiston IT-sanoatiga xususiy sektorni faol jalb etish orqali ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, axborot almashish, ikkala mamlakat kompaniyalari uchun eksport faoliyatini soddalashtirish va investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ma’muriy qo‘llab-quvvatlash o‘rin olgan.

Bitimning imzolanishi Koreya Respublikasi va O‘zbekiston o‘rtasida raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun zamin yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring