Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda umummilliy hashar ishlari davom etmoqda, shu qatorda "Yashil makon" da ham

Yurtimizda umummilliy hashar ishlari davom etmoqda, shu qatorda

Foto: Digital. uz

Ma’lumki, Prezident tashabbusi bilan 2021-yildan buyon “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.

Shu kunlarda yurtimizdagi barcha vazirlik, tashkilot, muassasa va korxonalarda, jumladan, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Shu maqsadda bugun, 23-mart kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbar-xodimlari va tashabbuskor yoshlar ishtirokida DIGITAL.UZ raqamlashtirish bog‘iga ko‘chatlar ekishdi.

Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish, yashil hududga aylantirishga yaqindan ko‘maklashish orqali xalqimizga xos ezgu fazilatlarni yuksaltirish hamda qishloq va shaharlarni, mahallalar hududlarini, aholi turarjoylari atrofini yanada ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring