Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya nihoyat davlat muassasalaridagi disketalardan voz kechdi

Yaponiya nihoyat davlat muassasalaridagi disketalardan voz kechdi

Yaponiya hukumati byurokratiyani modernizatsiya qilishda muhim bosqichga erishib, o‘z tizimlarida disketalardan foydalanishni nihoyat tark etdi.

Iyun oyining o‘rtalariga kelib, Raqamlashtirish vazirligi disketalardan foydalanishni tartibga soluvchi barcha 1034 ta qoidalarni bekor qildi, transport vositalarini qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan bitta qoida bundan mustasno.

Raqamlilashtirish vazirligi 2021-yilda, COVID-19 pandemiyasi davrida, butun mamlakat bo‘ylab test va emlashlarni joriy etish zarurati tug‘ilganda tashkil etilgan. Keyin ma’lum bo‘ldiki, hukumat hali ham qog‘oz hujjatlar va eskirgan texnologiyaga bog‘liq.

Raqamlashtirish harakatlariga qaramay, Yaponiya ko‘plab muammolarga duch keldi.

Pandemiya davrida kontaktlarni kuzatish ilovasi ishlamay qoldi va takroriy ma’lumotlar xatolari tufayli My Number raqamli identifikatorlarining chiqarilishi kutilganidan sekinroq bo‘ldi.

Barcha kamchiliklarni inobatga olgan holda Yaponiya davlat muassasalaridagi disketalardan voz kechishga qaror qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring