Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda “Ayollar tadbirkorligida raqamlashtirish va rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi  

Toshkentda “Ayollar tadbirkorligida raqamlashtirish va rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi   

Ipoteka-bank, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro ishbilarmon “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Ayollar tadbirkorligida raqamlashtirish va rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda hamkor tashkilot a’zolari, yirik investor va tadbirkorlar, shuningdek, 300 dan ortiq xotin-qizlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Seminarni Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova ochib berib, bu kabi tadbirlarning o‘rni muhimligini ta’kidladi va mamlakatimiz xotin-qizlari uchun IT sohasidagi sharoitlar, tadbirkorlik faoliyatida raqamlashtirishning o‘rni, axborot texnologiyalardagi barcha imkoniyatlardan foydalanib biznesni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari va IT orqali qo‘shimcha daromad topish haqida tadbir ishtirokchilarga ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, tadbirda “Ipoteka-bank” ATIB Kichik va o‘rta biznes direksiyasi direktori Bekzod Mirzayev so‘zga chiqib, ayol tadbirkorlar tomonidan olib borilayotgan biznes loyihalar doimo bankimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, aynan shu yo‘nalishda yangi xizmat va mahsulotlar yaratilishiga xizmat qilishiga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida tashkilotlardan taklif etilgan mas’ullar, tajribali ishbilarmon ayollar ishtirokida qiziqarli chiqishlar, tadbirkorlikni raqamlashtirish orqali jahon bozorlarida o‘z o‘rniga ega bo‘lish imkoniyatlari, shuningdek, ayol tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan “Anor” onlayn platformasi va Ipoteka-bank tomonidan ayol tadbirkorlar uchun taqdim etilayotgan bank mahsulotlari haqida ma’lumotlar berildi.

Seminarning yana bir ahamiyatli tomoni – unda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan ayollarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, loyiha biznes-rejasini tayyorlash, buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek, faoliyatida savdo unumdorligini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish va raqamlashtirish kabi mavzularda tajribali ayol tadbirkorlardan maslahatlar olindi. Shuningdek, qatnashchilarda o‘z sohasida kuzatilayotgan kamchiliklarni to‘g‘ri bartaraf etish yo‘llari yuzasidan zamonaviy ayol tadbirkorlar bilan yuzma-yuz suhbatlashish imkoni ham bo‘ldi.

Tadbir davomida Ipoteka-bank tomonidan ayol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taqdim etilayotgan bank mahsulotlari va xizmatlari haqida ma’lumotlar berilib, fikr almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring