Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATUda forum: Yoshlar uchun frilanserlik va IT-sohada qanday imkoniyatlar bor?

TATUda forum: Yoshlar uchun frilanserlik va IT-sohada qanday imkoniyatlar bor?

Foto: Digital.uz

15-dekabr kuni Toshkent shahridagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Raqamli iqtisodiyot va tadiqotlar markazi bilan hamkorlikda forum tashkil etildi.

Talaba yoshlarni IT-sohadagi imkoniyatlardan xabardor qilish, frilanserlikka qadam qo‘yish va unda daromad topish yo‘llarini o‘rgatish forumning asosiy maqsadi edi.

Tadbir davomida “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasining mantiqiy davomi — Coursera loyihasining afzalliklari, xalqaro IT-sertifikatlar haqida ma’lumot, frilanserlikning afzalliklari, Up Work olamiga sayohat (platformada ishlash asoslari), Soft skills — raqamli olamdagi muvaffaqiyat kaliti kabi mavzularda ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar berildi.

Forum so‘ngida omadli ishtirokchilar sovg‘ali bo‘lishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring