Startaplar uchun yangi imkoniyatlar!

16-yanvar kuni Qarshi shahrida Startup Garagening yangi filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu loyiha AloqaBank, AloqaVentures va Startup Garage tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, 12 ta viloyatda yoshlar va startaplarni qo‘llab-quvvatlovchi innovatsion markazlarni ishga tushirmoqda.
Startup Garage qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
✔️Yosh tadbirkorlar va startaplar uchun zamonaviy maydon;
✔️ Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va o‘rganish uchun maxsus muhit;
✔️ Startap ekotizimini rivojlantirish orqali yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash;
Bugungi kunga kelib, Startup Garage doirasida 50 dan ortiq startap loyiha muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Endilikda Qashqadaryo yoshlari ham bu loyihaning bir qismi bo‘lish imkoniyatiga ega.
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 288-uy, "Viloyat Yoshlar Markazi".
Sana: 16-yanvar, payshanba.
Yoshlar, tadbirkorlar va texnologiyalar sohasiga barcha qiziquvchilarni taklif qilamiz!
Batafsil: Startup Garage
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter