Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Startup Garage Xorazm filiali rasman ochildi

Startup Garage Xorazm filiali rasman ochildi

Startup Garagening navbatdagi filiali Xorazm shahrida ochildi. Tadbirda 70 dan ortiq yoshlar qatnashdi.

Marosim davomida qatnashchilar Startup Garagening qanday imkoniyatlarni bera olishi va startap haqida to‘liq ma’lumot olishdi.

Tadbirning ikkinchi qismida, AloqaVentures vakillari yoshlarga startap haqida to‘liq ma’lumot berib, venchur fond startaplarga investitsiya ajratish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Tadbirdan so‘ng 8 ta startap asoschilari soha ekspertlarga loyihalarini taqdimot qilib, shulardan 6 loyiha Startup Garage rezidentligiga qabul qilindi.

Mazkur loyiha Xorazm viloyati, Urganch shahri, “AloqaBank” binosida joylashgan.

Manzil: 220100, Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy shoh ko‘chasi, 106-uy.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring