Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Standford universitetining to‘liq granti sohibasi bo‘lgan birinchi o‘zbek qizi bilan suhbat

Standford universitetining to‘liq granti sohibasi bo‘lgan birinchi o‘zbek qizi bilan suhbat

Foto: UNLOCK

O‘zbekiston qizlari orasida birinchi bo‘lib Stendford universitetining to‘liq granti sohibasi bo‘lgan Farangiz Murodiy bilan intervyu tashkil etildi. Farangiz ajoyib akademik muvaffaqiyatlarga erishgan: SATdan 1560, IELTSdan 8 ball olgan.

Hozirda u Stendford universitetida sun’iy intellektga ixtisoslashgan Simvolik tizimlar yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini yoqlamoqda.

Intervyu davomida Farangiz o‘z yo‘lida duch kelgan qiyinchiliklar va muvaffaqiyatga erishishdagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. U onasining ta’lim olishga berilgan e’tiborini juda muhim deb hisoblaydi.

Farangiz IT sohasida o‘rganilgan bilimlari orqali foydali mahsulotlar yaratib, jamiyatga yordam berishni asosiy maqsadlaridan biri deb biladi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi barcha qizlarni ta’lim olishga chaqiradi va Farangizning muvaffaqiyatlari kelajak avlod uchun ilhom manbai bo‘lishiga umid qiladi. Har bir qiz o‘z maqsadlariga erishishi uchun katta imkoniyatga ega!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring