Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Kommunikatsiyada sun’iy intellekt: tendensiyalar, tuzoqlar va o‘zgarishlar” - Stratcom Summit 24 forumini o‘tkazib yubormang!

“Kommunikatsiyada sun’iy intellekt: tendensiyalar, tuzoqlar va o‘zgarishlar” - Stratcom Summit 24 forumini o‘tkazib yubormang!

Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi tomonidan bu yil to‘rtinchi marta tashkil etilayotgan Xalqaro Strategik Kommunikatsiya Forumi (Stratcom Summit 24) “Kommunikatsiyada sun’iy intellekt: tendensiyalar, tuzoqlar va o‘zgarishlar” mavzusida 13-14-dekabr kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tadi.

Turkiya Republikasi Vitse-Prezidenti Jevdet Yilmaz va Prezident huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi rahbari Fahrettin Altunning ochilish nutqlari bilan boshlanadigan forumga, Tashqi Ishlar Vaziri Hakan Fidan, ko‘plab davlatlarning kommunikatsiya, axborot va media vazirlari hamda aloqa rahbalari ishtirok etadi.

“30 ta davlatdan keng ko‘lamli ishtirok bilan 3 mingdan ortiq mehmon Istanbulda uchrashadi”.

Ikki kun davom etadigan dasturda, sun’iy intellektning kommunikatsiya sohasida yuzaga keltirgan o‘zgarishlari barcha jihatlari bilan ko‘rib chiqiladi, yangi texnologiyalar tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlar va qiyinchiliklar tahlil qilinadi.

Stratcom Summit 24 kommunikatsiya sohasidagi sun’iy intellektning o‘zgartiruvchi ta’siriga e’tibor qaratadi va ommaviy kommunikatsiya, yangi aloqa strategiyalari, jurnalistika, raqamli media va diplomatiya, dezinformatsiyaga qarshi kurash va inqirozni boshqarish, raqamli axloq va kiberxavfsizlik kabi turli dolzarb masalalarni muhokama qiladi.

Xalqaro strategik kommunikatsiyalar forumida 30 davlatdan yetakchi davlat va xususiy tashkilotlar, fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari, ilmiy doiralar va tahlil markazlaridan 64 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etadi.

8 ta panel, 4 ta ma’ruza va 6 ta individual sessiyalardan iborat forum 3 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy mehmonlarni qabul qiladi.

Tadbirda davlat idoralaridan tortib xususiy korxonalargacha, fuqarolik jamiyatidan tortib tahlil markazlarigacha bo‘lgan turli sohalardagi kommunikatsiya sohasi mutaxassislari, shuningdek, olimlar va universitet talabalarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Dasturning birinchi kunida “Milliy strategiyada sun’iy intellekt: raqamli transformatsiya va strategiya”, “Sun’iy intellekt davrida raqamli shaffoflik: ma’lumotlar xavfsizligi orqali jamoatchilik manfaatlarini ta’minlash”, “Xalqaro strategik aloqada sun’iy intellekt: Global hamkorliklar va huquqiy tartibga solish”, “Dezinformatsiyaga qarshi kurashda sun’iy intellekt: davlat tashkilotlari uchun strategik vositalar” panellari tashkil etiladi. 

Shuningdek, bir kunda 3 ta alohida individual mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Prezidentning Tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha bosh maslahatchisi Akif Chag‘atay Kilich "Sun’iy intellekt davrida Turkiyaning milliy xavfsizlik istiqbollari", Ozarbayjon Respublikasi Vitse-Prezidenti Hikmet Xojiyev “Sun’iy intellekt va strategik taraqqiyot: Ozarbayjon kelajagiga qarash”, Falastin Telekommunikatsiya va raqamli iqtisodiyot Vaziri Dr. Abed-Alrazzaq Natsheh esa "Raqamli o‘zgarishni shakllantirish: Falastinning telekommunikatsiya qarashlari" mavzusida nutq so‘zlashadi.

Stratcom Summit24 ning ikkinchi kunida esa " Krizis onlarida sun’iy intellekt tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kommunikatsiya: jamoat xavfsizligi strategiyalari", "Kommunikatsiyada sun’iy intellekt tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kiberxavfsizlik: Xavfsizlikni ta’minlash", "Sun’iy intellektning jurnalistika sohasiga ta’siri: Deepfake tahdidi qarshisida tarafkashlik va to‘g‘rilikni saqlash", "Sun’iy intellekt va aloqa etikasi: Shaffoflik va javobgarlikni boshqarish" sarlahvalari ostida mutaxassislar o‘z tahlillarini taqdim etadilar. 

“Axborot asrida tahdidlarning oldini olish va himoya qilish: NATO bilan intervyu”, "Neyrotexnologiyani o‘zgartirishda sun’iy intellektning o‘rni”, "San’at texnologiyalaridagi yangi ufqlar", “Sun’iy intellekt va diplomatiya: Turkiyaning texnologiyaga yo‘naltirilgan kelajakni ko‘rish strategiyasi”, “Ommaviy kommunikatsiyalar samaradorligining global strategiyalari”, “Sun’iy intellekt va raqamli ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish”, “Tinchlik o‘rnatishda raqamli diplomatiyaning o‘rni” mavzularidagi ma’ruza va individual shaklda o‘tkaziladigan sessiyalarda sun’iy intellektning tashqi siyosat va aloqa faoliyatlarini davlatlar va xalqaro tashkilotlar nuqtai nazaridan qanday shakllantirayotganiga e’tibor qaratiladi.

Tadbir maydonida esa Prezident huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi, TRT (Turkiya teleradiokompaniyasi), AA (“Anadolu” Agentligi), Matbuot reklama agentligi, Mudofaa sanoati boshqarmasi (SSB), TOBB, ITU va Yıldız Texnik Universiteti stendlari ishtirokchilar uchun ochiq bo‘ladi. Tadbirga qatnashuvchilar shunigdek tadbir uchun maxsus ishlab chiqilgan sun’iy intellekt tajriba zonalarini ham ko‘rishga muyassar bo‘ladilar.

Biz hammamiz ko‘rib turibmizki, sun’iy intellekt va yangi texnologiyalar kommunikatsiya sohasida inqilobiy imkoniyatlar yaratib bermoqda. Biroq, bu o‘zgarish faqat ijobiy jihatlari bilan kelmayapti. Ushbu o‘zgarishning, shuningdek, e’tibor berilishi kerak bo‘lgan juda muhim xavflari ham mavjud. Istanbulda o‘tkazayotgan Stratcom 24da, dunyoning turli davlatlaridan kelgan ishtirokchilar bilan birgalikda bu imkoniyatlar va xavflarni, sun’iy intellekt texnologiyalarini insoniyatga foyda keltiradigan tarzda qanday shakllantirish kerakligi kabi masalalar muhokama etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring