Adliya vazirligi sun’iy intellekt bo‘yicha muhim loyiha — LexAI ni taqdim qildi

Loyihani shaxsan adliya vaziri Akbar Toshqulov jamoatchilikka taqdim qildi.
LexAI nima?
LexAI – sun’iy intellekt yordamida huquqiy masalalarga javob topishga ko‘maklashadigan platforma.
LexAI qanday ishlaydi?
Ushbu platformada huquqiy masalalarga javob topishga ko‘maklashadigan yordamchi chat-bot, hujjatlarni huquqshunos ishtirokisiz, konstruktor asosida mustaqil tayyorlashga, ekspertiza qilib berishga, berilgan keyslarga huquqiy amaliyotni tahlil etish asosida javob berishga mo‘ljallangan xizmatlar jamlangan.
Hozirda platformaning huquqiy masalalarga oid savollarga sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda onlayn javob berishga mo‘ljallangan chat-boti ishga tushirilgan.
Chat-bot nima qila oladi?
- huquqiy savollarga 24/7 rejimida (lex.uz asosida) javob beradi;
− javob manbasida tegishli hujjatning giper havolasini beradi;
− ovozli savol berish mumkin va unga ovozli javob olish mumkin;
− berilgan javobni audio ko‘rinishda tinglash mumkin;
− chat-bot o‘zini o‘zi o‘qitish orqali takomillashib boradi;
− so‘rovlar tarixini saqlaydi;
− yangi qonunchilik hujjatlari bilan muntazam yangilanadi;
− istalgan aloqa qurilmalari orqali foydalanish imkoniyati mavjud.
Chat-botning yaratilishida huquq va AT sohasidagi tajribali mutaxassislar tomonidan 5 oydan ortiq vaqt davomida ishlar olib borildi. Mazkur chat-botda amaldagi 34 mingdan ortiq normativ tusdagi hujjatlar, shuningdek, 604 mlndan ortiq belgilardan iborat bilimlar bazasi o‘qitildi.
Mazkur chat-bot kelgusida Call-markazlarni avtomatlashtirish, veb-saytlarda virtual yordamchilarni yaratish imkonini beradi.
“LexAI” chat-boti – bu nafaqat oddiy texnologiya, balki hayotimizni yaxshilashga imkoniyat.
Platforma hozircha huquqshunos-mutaxassislar sinovidan o‘tmoqda, yaqin vaqtda keng omma uchun ochiladi.
Tadbir yakunida Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirliZgi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Shahnoza Soatova
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter