Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Raqamli texnologiyalar vaziri IT Park eksportchi rezidentlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi (foto)

Raqamli texnologiyalar vaziri IT Park eksportchi rezidentlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi (foto)

Foto: Digital.uz

Bugun, 10-iyun kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va IT Park eksportchi rezidentlari o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqot eksportchi rezidentlar uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda IT Parkning 100 dan ortiq rezidentlar, jumladan, EXADEL, G-core, EPAM Systems va boshqa ko‘plab kompaniyalar, Tehnikum, Najot Ta’lim, PDP Academy, Alif tech, Bilim tech, Realsoft, Texnopark Al-Jabr kabi ta’lim kompaniyalari vakillari qatnashdi. Bundan tashqari, muloqotga IT Parkning O‘zbekiston hudularidagi rezidentlari ham onlayn shaklda qo‘shilishdi.

Tadbirda IT Park tomonidan amalga oshirilgan ishlar va uning kelgusidagi rejalari haqida, eksport bilan shug‘ullanuvchi va ta’lim rezidentlari soni yildan-yilga o‘sib borayotgani, ularga davlat tomonidan yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, qabul qilingan farmondagi yangiliklar, 2030 yilgacha Prezident tomonidan belgilab berilgan maqsad va vazifalar, yetuk IT-mutaxassislarni yetishtirib chiqarish bo‘yicha barcha zarur shart-sharoitlar yaratish va kadrlarga qo‘yilgan talablar to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, taqdimot qilindi.

Ochiq muloqotda kompaniyalar vakillarining savollariga Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va boshqa mas’ullar javob berishdi. Kelgusida hamkorlikda qilinadigan ishlar kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring