Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarshida AQShning 100 dan ortiq kompaniyalariga autsorsing xizmatlarini ko‘rsatayotgan kompaniya faoliyati yanada kengaytiriladi

Qarshida AQShning 100 dan ortiq kompaniyalariga autsorsing xizmatlarini ko‘rsatayotgan kompaniya faoliyati yanada kengaytiriladi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qarshi shahrida joylashgan “FATHTIME” MChJ kompaniyasiga tashrif buyurdi. 

Ushbu kompaniya joriy yilning 31-yanvarida ro‘yxatdan o‘tib, IT Park rezidenti maqomini qo‘lga kiritgan. “FATHTIME” MChJ qisqa vaqt ichida samarali faoliyat olib borib, 25 ta yangi ish o‘rni yaratishga erishdi. Kompaniya AQShning 100 dan ortiq kompaniyalari bilan hamkorlik qilib, ularga logistika, aloqa tarmoqlari va autsorsing xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Tashrif davomida vazir kompaniya rahbariyati bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, kelajakdagi rejalari va AyTi xizmatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi. 

“FATHTIME” MChJ hozirgi kunda Business Process Outsourcing (BPO) va IT Solutions sohalarida xizmat ko‘rsatib, o‘zini xalqaro bozorda faol eksport qiluvchi kompaniya sifatida tanitmoqda.

Kompaniyaning asosiy faoliyati AQSh bozoriga yo‘naltirilgan bo‘lib, hozirgacha ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati 500 ming AQSh dollarini tashkil etdi.

Kompaniya o‘z xodimlari sonini 100 dan ortiq ko‘rsatkichga yetkazishni va eksport hajmini 1 mln AQSh dollariga oshirishni rejalashtirmoqda. Ushbu kompaniya viloyatning raqamli iqtisodiyotda o‘z o‘rnini mustahkamlab, IT va logistika yo‘nalishida muhim korxonalardan biriga aylanmoqda.

Vazir kompaniyaning kelajak rejalari haqida suhbatlashib, ularning kelgusidagi maqsadlariga erishishda zarur maslahat va tavsiyalarini berdi. Jumladan, “FATHTIME” kompaniyasining xalqaro bozorda raqobatbardoshligini oshirish, texnologik infratuzilmani rivojlantirish hamda xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha bir qator takliflar ko‘rib chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring